s
Buning uchun “Onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan ushbu toifadagi bolalar “Inson” markaziga bevosita borgan holda yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Uy-joy ijarasi” moduli orqali ariza bilan murojaat qiladi. Ijara to'lovi quyidagi hollarda to'lab beriladi: bolaga mulk huquqi asosida uy-joy ajratilmagan bo'lsa; ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo'yilgan bo'lsa; bola tegishli oliy ta'lim tashkilotining yotoqxonasiga joylashmagan yoki ijara xarajatlari uchun kompensasiya olmayotgan bo'lsa; bola bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa. Xiva tuman YXKM bosh yuristkonsulti A.Abdusheripov