s
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–817, 15.02.2022-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Shuningdek, “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari kiritildi.
Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:
Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Shu bilan birga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ishdan bo‘sh soatlarda, tungi dam olish uchun ajratilgan vaqtdan tashqari, kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rish, radio eshittirishlar eshitish huquqiga ega bo‘ldi.
Gurlan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i
Raximov Nuriddin Muxiddinovich