s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 311

Qonunchilikdagi_yangiliklar

 Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

 

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

 

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

 

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

 

Manba: O‘RQ-937-son (https://lex.uz/docs/-7049383), 05.08.2024 y

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид