s
USD: Rub: Eur:
2025-03-31 597

Vaqtincha yashovchilar

Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar.

Qonunchilikning jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin.

Fuqarolik Kodeksining  609-moddasida vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati 6 oydan oshmasligi kerakligi belgilangan. Vaqtincha yashovchilar uy-joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar.

Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.

Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi yoki u bilan birga doimiy yashaydigan har qanday fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan 7 kun ichida uy-joyni bo‘shatishlari shart.

 

Tupproqqal’a tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

Boshyuristkonsulti Sadikova M

 

Мавзуга оид