s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 819

Tibbiyot xodimining qonuniy faoliyatiga tо‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik bor

Qonunchilikka kо‘ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tо‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir о‘tkazish quyidagicha javobgarlikka sabab bо‘ladi:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 650 ming sо‘mdan 2 mln 310 ming sо‘mgacha) jarima;

mansabdor shaxslarga  BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 310 ming sо‘mdan 3 mln 300 ming sо‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga.

Bundan tashqari, qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha kо‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yо‘qotishga olib kelmagan bо‘lsa, BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha (660 ming sо‘mdan 1 mln 320 ming sо‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид