s
USD: Rub: Eur:
2024-03-31 298

Bilasizmi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasporti yaratiladi. 

 Daraxtlarni pasportlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

 

 bosqich (2024-yil 1-martgacha) – mavjud daraxtlar to'liq xatlovdan o'tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);

 

 bosqich (2024-yil 1-noyabrgacha) – xatlov natijasiga ko'ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo'yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi;

 

 bosqich (2024-yil 31-dekabrgacha) – ma'lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.

 

Eksperiment yakunlaridan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham daraxtlar pasportini joriy qilish nazarda tutilgan.

 

 Farmon bilan 2024–2028-yillarda Orolbo'yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovasiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish bo'yicha milliy dastur tasdiqlandi. 

 

 2024-yil 1-martdan:

 

yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi ko'kalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda ko'kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi;

 

atrof-muhitga ta'sir ko'rsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalari loyiha hujjatlari bo'yicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida o'z va tutash hududlarida “yashil belbog'”lar barpo etish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiy bo'lgan talab etib belgilanadi.

 

 Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

➖Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida O'simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi;

 

➖ Universitet huzuridagi O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida:

 

▫️“in-vitro” laboratoriyasi va uning hududiy bo'linmalari;

 

▫️“O'rmon urug'chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari) bo'linmalari;

 

 “Yashil hudud” davlat unitar korxonasida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид