s
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
Yuqorida qayd qilingan nizomning 5-bandida Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmasligi belgilab o‘tilgan.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov