s
USD: Rub: Eur:
2023-11-07 493

O'zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

“Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–356-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2023–2026-yillarda karate (WKF) sport turini  rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilandi. Jumladan:

  • aholining barcha qatlamlari karate bilan shug'ullanishi uchun hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi;

bog'chalarda “Kids karate” (kids karate) loyihasi ishga tushiriladi.

Qaror bilan O'zbekiston karate milliy federatsiyasi O'zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinib, joylarda uning hududiy bo'linmalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida parakarateni rivojlantirish uchun O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tuzilmasida parakarate bo'limi tashkil etiladi.

2023–2026-yillarda O'zbekistonda karate (WKF) bilan doimiy shug'ullanuvchilar sonini 55 ming nafarga yetkazish (jumladan, joriy yilda 40 ming nafar) nazarda tutilgan.

 

2024-yildan boshlab har yili:

  • respublikaning barcha hududlarida 7-oktabr kuni – Butunjahon karate kuniga bag'ishlangan Karate festivali;
  • karate va parakarate bo'yicha nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;
  • belgilangan yosh toifalari bo'yicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar;
  • karate bo'yicha davlat sport-ta'lim muassasalari o'rtasida “O'zbekiston chempionati” musobaqasi o'tkaziladi.

Qarorga ko'ra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida O'zbekiston karateni rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Boshlig`i B.Yusupov

Мавзуга оид