s
О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 23-moddasida ish beruvchining mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati qayd qilingan. Ushbu moddada, ish beruvchi tashkilotlarning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati ular belgilangan tartibda davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.
Tashkilotlar alohida bо‘linmalarining mehnatga oid huquq layoqati ularning faoliyatini tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlangan paytdan e’tiboran vujudga keladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bо‘lgan ish beruvchining mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida rо‘yxatga olingan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.
Uy hо‘jaligidagi ishlarni bajarish uchun va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan boshqa shaxsiy maqsadlarda yollanma mehnatdan foydalanayotgan jismoniy shaxs bо‘lgan ish beruvchining mehnatga oid huquq layoqati hamda muomala layoqati u fuqarolik muomala layoqatiga tо‘liq hajmda ega bо‘lgan paytdan e’tiboran, kо‘rsatilgan yoshga tо‘lmagan shaxsning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati esa u О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan hollarda о‘n sakkiz yoshga kirguniga qadar fuqarolik muomala layoqatiga tо‘liq hajmda ega bо‘lgan kundan e’tiboran yuzaga keladi.
Qonunga, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, tashkilotning ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga muvofiq ish beruvchining mehnatga oid munosabatlardagi huquq va majburiyatlari:
tashkilotning mulkdori;
tashkilotning boshqaruv organlari yoki ular vakolat bergan boshqa shaxslar;
ish beruvchi bо‘lgan jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunlarda mol-mulk egasining, yuridik shaxs majburiyatlari bо‘yicha muassisning (ishtirokchining) subsidiar javobgarligi belgilangan hollarda yuridik shaxs bо‘lgan ish beruvchining mehnatga oid munosabatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlari uchun mol-mulk egasi, yuridik shaxsning muassisi (ishtirokchisi) subsidiar javobgar bо‘ladi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov