s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 558

Ota-ona farzandlarining kontrakt to‘lovi uchun to‘lagan pullaridan daromad solig’i ushlanmaydimi?

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, ota-ona O‘zbekistondagi professional va oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakti uchun to‘lagan pullaridan daromad soligʼi undirilmaydi. Bundan tashqari, ushbu imtiyozdan quyidagilar xam foydalanishi mumkin:

fuqaro o‘zining kontraktini to‘laganida;

er-xotinlar 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtogʼi kontraktini to‘laganida.

Shuningdek, mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan qo‘shgan holda) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид