s
USD: Rub: Eur:
2023-12-04 616

Oilaviy mehmon uylari, xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (622-son, 27.11.2023 y.) bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

 

 Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan birga yashash tamoyili bo'yicha bir vaqtning o'zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to'g'ri keladigan turar joy maydoniga ega bo'lgan xususiy uy-joy obyekti.

 

 Nizomga ko'ra, mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qo'mitasi tomonidan yuritiladigan Reestrga kiritish va Reestrdan ko'chirma berish orqali tashkil etiladi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti R.Timofeyeva

 

Мавзуга оид