s
USD: Rub: Eur:
2023-09-29 473

MAKTAB O‘QUVChISINI BIR MAKTABDAN BOShQA BIR MAKTABGA QANDAY O‘TKAZISh MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015 yilda 2684-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘iga asosan, ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yilida yoki o‘quv yili   tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega

Buning uchun ota-ona o‘z farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatib bola o‘qiyotgan maktab direktori nomiga ariza beriladi.

Ariza 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi va o‘qishni davom ettirish uchun qaysi maktab tanlangan bo‘lsa o‘sha maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.

 Ota-onalar farzandi o‘qishni davom ettirishi uchun tanlangan ikkinchi maktab direktoriga ariza beradi va arizaga avvalgi joydan berilgan maktabdan ketish taloni ilova qilinadi.

 O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va talonni qabul qilgach, shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta’lim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini beradi.

O‘quvchi o‘qiyotgan maktab direktori ikkinchi maktabdan maktabga kelish talonini olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi va shundan keyin o‘quvchi rasman bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chib o‘tgan xisoblanadi

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti Y.Xo’jamuratova

Мавзуга оид