s
USD: Rub: Eur:
2023-06-06 827

АDVOKATLIK GUVOHNOMASINI BERISH TARTIBI TASDIQLANDI

 

Joriy yilning 1-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 226-sonli qarori bilan  Аdvokatlik guvohnomasini berish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.
 Nizomga muvofiq, advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro`yxatdan o`tkazilgan joy bo`yicha hududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi.
 Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so`ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi.
Аdvokatlik guvohnomasini berish uchun to`lov undirilmaydi.
 Аriza yuborilgandan so`ng 2 ish kunida advokatlik guvohnomasi beriladi.
 Аdvokatlik guvohnomasi tayyor bo`lishi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.
 Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi:
1. talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bo`lsa;
2. talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bo`lsa.

 Аdvokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlash imkoni bo`lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.
 Аdvokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) tasvirini yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkoni beradigan texnologiyada tayyorlanishi ta`minlanadi.

 Аdvokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
- advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o`zgarganda, uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan so`ng;
- advokat boshqa adliya organi joylashgan hududda ro`yxatdan o`tgan advokatlik tuzilmasiga kirganda;
- advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
- advokatlik guvohnomasi yo`qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.


Rasulbek  IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi

Мавзуга оид