s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 544

Elektron jurnalni о‘z vaqtida tо‘ldirmagan pedagog xodimning oylik ish haqidan davlat byudjetiga qaytarish mumkinmi?

Mehnat kodeksining 269-moddasiga kо‘ra xodimning ish haqidan ushlab qolish xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi bо‘lmagan taqdirda esa mazkur moddada nazarda tutilgan hollardagina ish haqidan ushlab qolish mumkin.

269-moddada esa xodim lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun uning ish haqidan ushlab qolish nazarda tutilmagan. YA’ni, pedagog xodim elektron jurnalni tо‘ldirmay, pedagogik yuklamalarini о‘z vaqtida bajarmaganligi uchun uning ish haqidan ushlab qolishning imkoni yо‘q.

Ammo ish beruvchi pedagog xodimga nisbatan intizomiy jazo choralardan birini qо‘llashga haqli. Mehnat kodeksining 312-moddasiga kо‘ra xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qо‘llaniladi:

1) hayfsan;

2) о‘rtacha oylik ish haqining о‘ttiz foizidan kо‘p bо‘lmagan miqdorda jarima;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari).

Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga о‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan kо‘p bо‘lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin.

Kо‘rib turibsizki, intizomiy jazo choralari orasida ham xodimlarga tо‘lab berilgan oylik maoshdan qaytarib qolish yoki xodimning maoshidan ushlab qolish kabi jazo turlari mavjud emas.

Umumiy xulosa sifatida aytadigan bо‘lsak, pedagog xodimga mehnat vazifalarini tо‘laqonli bajarmaganligi uchun holatdan kelib chiqib, Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qо‘llash mumkin.

 

Xonqa tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                                          Z.Haitov

 

Мавзуга оид