s
Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (08.11.2023-yildagi 591-son) qabul qilindi. (https://t.me/uztdi/7755)
-Unga koʻra, CHQBT oʻqituvchilari zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etiladi.
Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab tablimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:
-2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilariga taʼlim tashkilotlarining boshqa fan oʻqituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka tofasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy taʼlim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;
-2024-yil 20-fevralga qadar Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sogʻlikni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining yangi oʻquv dasturi va darsligini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklandi.
-CHQBT oʻqituvchilari malakasini oshirish va malaka toifasi berish bilan bogʻliq xarajatlar Taʼlim vazirliklariga davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
-CHQBT fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, qurol saqlash xonalarini texnik qoʻriqlashni tashkil etish, oʻquvchi yoshlarning harbiy poligonlarda amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish xarajatlari hokimliklarning mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh yuriskonsulti D.Otabayev