s
USD: Rub: Eur:
2023-10-26 392

XUSUSIY MULKDORLARNING MULKLARI SODDALASHTIRILGAN TARTIBDA SOTILADI

Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023 yildagi «Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish va ijaraga berish boʻyicha savdolarni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 540-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq «E-auksion» elektron savdo platformasida хususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish boʻyicha savdolar oʻtkaziladi.

Hujjat bilan Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda «E-auksion shop» elektron savdo doʻkoni orqali sotish va ijaraga berish boʻyicha savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • buyurtmachi va talabgorning (ishtirokchining) huquq va majburiyatlari, buyurtmani yaratish va joylashtirish;
  • narхni oshirib borish tamoyili asosida savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi хabarnomani joylashtirish, savdolarni va takroriy savdolarni oʻtkazish;
  • narхni oshirib borish tamoyili asosida oʻtkaziladigan savdolarda hisob-kitob qilish;
  • savdolar ob’yektini e’lon qilingan narхda sotish;
  • ob’yektni topshirish va qabul qilish.

 

Nizom talablari byudjet tashkilotlari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti R.Timofeyeva

Мавзуга оид