s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 196

Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishi kerak

 Qonunga ko'ra, mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:

 

ish beruvchidan harakatlanish yo'nalishi, tashiladigan yuk haqida, o'z hayoti va sog'lig'i uchun mavjud bo'lgan tahdid to'g'risida, zararli va (yoki) xavfli omillar ta'siridan o'zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;

 

shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanish;

 

yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;

 

o'z hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan vaziyatda, tashishni rad etish;

 

yo'l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o'tish;

 

mehnat vazifalarini bajarish chog'ida o'z sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi;

 

ish beruvchining yo'l harakati sohasidagi g'ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид