s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 847

Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi

Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:

 

▫️ogohlantirish;

▫️uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;

▫️davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.

 

Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

 

Odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.

 

Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

 

 

Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev

Мавзуга оид