s
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq O‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan kunlarda u o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin. Agar tashkilotda o‘rindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kungi yarim normasiga rioya etilishi mumkin bo‘lmagan taqdirda ish vaqtini jamlangan holda hisoblab yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Ish vaqti jamlangan holda hisoblab yuritilganda o‘rindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun o‘rindoshlik asosidagi lavozim bo‘yicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq bo‘lmasligi, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa — o‘n ikki soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ichki o‘rindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish bo‘yicha va o‘rindoshlik asosidagi ish bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi