s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15-mart 2022-yildagi “NURONIYLARNI HAR TOMONLAMA QO‘LLAB-QUVVATLASh, ULARNING TURMUSh DARAJASINI OShIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”gi PQ167-son qaroriga asosan;
(https://lex.uz/docs/5910513)o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;
sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;
keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;
davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov