s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 946

Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish tartibi qanday?

Moddiy madaniy meros ob’ektlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:

butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros ob’ektlari;

viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy meros ob’ektlari.

Moddiy madaniy meros ob’ektining pasportida qanday ma’lumotlar bo‘ladi?

Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritilgan moddiy madaniy meros ob’ektiga moddiy madaniy meros ob’ektining pasporti berilib, unga mazkur moddiy madaniy meros ob’ektini muhofaza qilish mazmunidan iborat ma’lumotlar va ob’ektning tavsiflari kiritiladi.

Moddiy madaniy meros ob’ektiga doir mulk huquqi qanday tartibda bekor qilinishi mumkin?

Moddiy madaniy meros ob’ektiga doir mulk huquqi qonunchilikka muvofiq bekor qilinishi mumkin.

Xususiy mulkda turgan moddiy madaniy meros ob’ekti qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud qarori bilan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin.

Umumiy mulkda turgan moddiy madaniy meros ob’ektlari va ularning ajralmas qismi hisoblanadigan yer uchastkalari bo‘linmaydi.

Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros ob’ekti tekin foydalanish uchun qaysi toifa shaxslarga berib qo‘yilishi mumkin?

— moddiy madaniy meros ob’ektlarini saqlash maqsadida faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga;

— bolalar jamoat birlashmalariga;

— nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalariga;

— diniy tashkilotlarga.

Moddiy madaniy meros ob’ektidan tekin foydalanish shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi va u moddiy madaniy meros ob’ektini saqlash bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.

Moddiy madaniy meros ob’ektidan foydalanish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:

— moddiy madaniy meros ob’ektidan tekin foydalanish shartnomasi yoki ijara muddati o‘tganidan keyin foydalanuvchi foydalanish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda;

— foydalanuvchi-jismoniy shaxs vafot etganda;

— foydalanuvchi-yuridik shaxs tugatilganda;

— moddiy madaniy meros ob’ektiga foydalanuvchi qasddan zarar yetkazganda;

— moddiy madaniy meros ob’ekti joylashgan yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda.

 

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti  Urazbayev Tursunboy

Мавзуга оид