s
USD: Rub: Eur:
2023-07-20 211

Odam savdosi – davr muammosi!

         Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 2020 yil 17 avgustda yangi tahrirda qabul qilindi.

Qonuning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.

Komissiya qarorlari davlat organlari tomonidan bajarilishi shart bo‘lib, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.

Qonun talablariga ko‘ra odam savdosidan jabrlanganlar zarur yordam ko‘rsatish va himoya qilish, odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida identifikatsiya qilinadi.

Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularning moslashuvini ta’minlash, quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam ko‘rsatish, vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitari-gigiena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur ashyolar bilan ta’minlash, ishga joylashishda, ta’lim olishda, kasbiy jihatdan yo‘naltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam ko‘rsatish, ijtimoiy jihatdan qayta integratsiyaga, shu jumladan qarindoshlarni izlashida yordam ko‘rsatish.

Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvi yakka tartibdagi reja asosida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek ko‘rilgan xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.

Voyaga yetmaganlar savdosini oldini olish quyidagilardan iborat bo‘lib, bular bolalarni tarbiyalashdan bo‘yin tovlayotgan ota-onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlash, g‘ayriijtimoiy hayot tarzini kechirayotgan oilalarni va davlat himoyasiga muhtoj bolalarni aniqlash, bolalar uyi va tug‘ruq komplekslari faoliyatini monitoring qilish.

 

E.Ro‘zmetov

Gurlan tuman adliya bo‘limi

bosh maslahatchisi

Мавзуга оид