s
USD: Rub: Eur:
2023-11-06 976

Tizim elektronlashgan sari tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga aralashuvlar qisqarmoqda

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun keng va teng raqobat maydonida erkin faoliyat yuritish imkoniyati, jozibador investitsiya muhiti vujudga kelmoqda. Mamlakatimizda investitsiyaviy muhit yanada yaxshilanib, adolatli raqobat tamoyillari tartibga solinmoqda. Bu borada soliq imtiyozlarining o‘rni ham muhim hisoblanadi. Soliq imtiyozlari ishlab chiqarishni taraqqiy ettirishda rag‘batlantiruvchi muhim vositadir. Ayni davrga kelib, O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun soliq va boshqa imtiyozlar inson omili aralashmagan holda avtomatik ravishda amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori orqali "Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat" interaktiv xizmatining yaratilganligi va ye-imtiyoz tizimining ishlab chiqilganligi eng asosiy omillardan biridir. Mazkur tizim imtiyozlardan maqsadli va to‘g‘ri foydalanishni ta’minlaydi va soliq to‘lovchilarda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishga olib keladigan xatolarning oldini oladi. 

Viloyatimizda davlatimiz rahbari tomonidan berilgan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanib kelayotgan 7 425 ta korxona joriy yilning 9 oyida 292,5 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratildi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar berilishi belgilandi.

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan Xorazm viloyatida Yangiariq tumani 5 toifaga kiritilgan bo‘lib, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda solig‘i, Aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘lab kelmoqda. Bundan tashqari, YaTTlar JShODSning qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan to‘liq ozod qilindi. Shuningdek, yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summani 1%i miqdorida to‘lab kelishmoqda.

4-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan Qo‘shko‘pir tumani, Xiva tumani, Yangibozor tumanlari va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun Aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi 3% etib belgilangani ham tadbirkorlarga berilgan yengilliklardan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga 4-toifadagi tumanlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘iga Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;

YaTTlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsient kiritish huquqi berildi.

Aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, inson aralashuvini kamaytirish maqsadida soliq organlari faoliyati izchil raqamlashtirilmoqda. Axborot tizimlarining samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash, soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, sifatini oshirish orqaligina tadbirkorlik sub’ektlarida noqonuniy tekshirishlar o‘tkazilishi yoki ularning faoliyatiga noqonuniy asossiz aralashish holatlarining oldi olindi.

 Misol uchun “avtokameral” avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar ham yaratmoqda. Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi. Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi. Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Romon Atajonov,

Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho`basi boshlig`i

 

Мавзуга оид