s
USD: Rub: Eur:
2025-06-24 799

“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (371-son, 18.06.2025 y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko‘ra, davlat xaridlarini amalga oshirishda "yashil" davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda "yashil" davlat xaridlari ulushi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.

 2026 yil 1 yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.

 Bunda:

 ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to‘plangan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;

 ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo‘lmaydi.

 Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026 yil uchun davlat xaridi bilan bog‘liq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu ko‘rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilandi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид