s
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida o'zini o'zi band qiladigan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga quyidagilar ham kiritilgan:
qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to'qish;
uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
atlas va adras to'qish;
mayda munchoq (biser) tikish;
do'ppido'zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
quroqchilik usulida ko'ylak, ko'rpa va yopinchiqlar tikish;
qo'ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
qog'ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
uy sharoitida bolalar o'yinchog'i ishlab chiqarish;
uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
milliy taqinchoqlar yasash;
kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
dag'al jundan gilam, ko'rpa va yostiq tayyorlash.
Matnazarova Salima Safarboy qizi
Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti