s
Xizmat safari xodimning ish beruvchi farmoyishiga binoan doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigini bajarish uchun boshqa joyga malum muddatga qiladigan safaridir. Doimiy ishi kochib yurish yoki sayyor xususiyatga ega bolgan xodimlarning xizmat safarlariga chiqishi xizmat safarlari hisoblanmaydi.
Xizmat safariga yuborilgan taqdirda ish beruvchi xodimga quyidagilarni qoplashi shart:
yolkira xarajatlari;
turar joy ijarasi xarajatlari;
doimiy yashash joyidan tashqarida yashash bilan bogliq qoshimcha xarajatlar (sutkalik);
xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.
Xizmat safarlari bilan bogliq xarajatlarning ornini qoplash miqdorlari jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qomitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjat bilan belgilanadi. Bunda xarajatlar ornini qoplash miqdori budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlardan kam bolishi mumkin emas
Xiva tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i A.Hasanov