s
USD: Rub: Eur:
2023-09-12 357

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish” qoidalari tasdiqlangan bo`lib, ushbu Qoidalarning 101-bandiga muvofiq FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu j

 

Shuningdek, alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDY organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDY organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.

Bunda FHDYo organiga mulkiy nizolari hamda voyaga etmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlarning nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat – passport, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma taqdim etilishi kerak.

Nikohdan ajratishni qayd etishda, er va xotinning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ularning biridan yoki ikkalasidan O`zbekistobn Respublikasining “Davlat boji to`g`risida”gi O‘RQ-600-son Qonuniga asosan BHMning 1,5 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

 

 Tuproqqa’a tuman adliya 

               bo`limi FHDY bo`limi insprektori                                          Xasanova Charos

 

Мавзуга оид