s
USD: Rub: Eur:
2025-03-30 989

Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etish

O‘zbekiston Respublikasining 06.01.2020 yildagi O‘RQ-600-sonli “DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA”gi Qonunining  11-moddasiga asosan, Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan quyidagi shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun, mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to‘g‘risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo‘yicha, pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun, onalar — ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun, maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun  ozod etilishi belgilab qo‘yilgan.

 

Tupproqqal’a tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

Boshyuristkonsulti Sadikova M

 

Мавзуга оид