s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 644

Mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘qo‘yilmaydi

Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, homiladorligi bilan bog'lig sabablarga ko'ra, ishga qabul qilmaslik ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish sanaladi. Bunga esa yo'l qo'yilmaydi. Ayolning homiladorligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortgan yoki ishdan bo'shat gan shaxslar Jinoyat kodeksining 148-moddasiga asosan bazaviy hisoblash migdorining yigirma besh ba ravarigacha jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Shuningdek, Mehnat kodeksining 129-moddasiga muvofiq, homilador ayol ishga qabul qilinganda, unga dastlabki sinov belgilanmaydi. Kodeksning 142-moddasida esa homilador ayolning tibbiy xulosaga muvofig vaqtincha yengilrog yoki noqulay ishlab chigarish omil larining ta'sirini istisno etadigan boshqa ishga o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. Bizga ma'lumki, birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta'tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy o'tganidan keyin yuzaga keladi. Biroq Mehnat kodeksining 227-moddasi ga asosan, homilador ayollar bundan mustasno. Olti oy oʻtguniga qadar ayollarning xohishiga ko'ra, ularga homiladorlik va tug'ish ta'tilidan oldin yoki undan keyin har yilgi mehnat ta'tili beriladi. Ushbu kodeksning 229-moddasiga asosan, xodimlar homiladorlik va tug'ish ta'tilining muddati boshlangan hollarda har yilgi mehnat ta'tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko'chirish huquqiga ega. Mazkur kodeksning 232-moddasiga asosan, homilador ayollrni har yilgi mehnat.ta'tilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kodeksning 392-moddasiga ko'ra esa, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qa bul gilishni rad etish yoki mehnatga haq to'lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM

boshligʻi  K.X.Ismoilov

Мавзуга оид