s
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha bir taraf ikkinchi tarafga haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini berish majburiyatini oladi. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi litsenziya kompleksidan, litsenziarning ish sohasidagi obro‘sidan va tijorat sohasidagi tajribasidan muayyan hajmda muayyan faoliyat sohasiga qo‘llagan holda, foydalanish hududini ko‘rsatib yoki ko‘rsatmasdan foydalanishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1101 moddasiga asosan Litsenziya kompleksiga kiruvchi biron-bir alohida huquqning boshqa shaxsga o‘tishi kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Yangi litsenziar o‘ziga o‘tgan alohida huquq jumlasiga kiruvchi huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha shartnomaga kirishadi.Litsenziar fuqaro vafot etgan taqdirda, uning kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlari merosxo‘rga, basharti bu merosxo‘r tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa yoki meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinsa, o‘tadi. Aks holda shartnoma bekor qilinadi. Merosxo‘r tegishli huquq va majburiyatlarni qabul qilib olguncha yoki merosxo‘r tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinguncha bo‘lgan davrda litsenziya kompleksini notarius tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshqaruvchi idora qiladi.
Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM operatori M.Tajimov