s
Qonun bilan farmakologik vositaning yoki dorining klinik tadqiqotida sog'lom shaxslar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkinligiga oid qo'shimchalar kiritildi.
Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotda qatnashadigan shaxsga tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart.
Shaxs tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli.
-Tadqiqotda voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz shaxs ishtirok etganda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.
-Voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin voyaga yetgan shaxsda klinik tadqiqot o'tkazilgan bo'lishi kerak.
-Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’I N.Nurjonov