s
Yaʼni Hozir amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 3515) 1-bobida Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasi belgilangan qoidalarning izohida shunday qoida bor:
▪️taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.
Biroq ushbu qoʻshma qarorning 4-bobida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar Roʻyxati belgilangan.
Mazkur sertifikatlar qatorida informatika fanidan Microsoft Certified Educator (MCE) sertifikati ham mavjud boʻlib, unda umumiy balning 80%*/860 uchun ustama va imtiyozlar tatbiq etilishi nazarda tutilgan.
Mazkur qoidaning izoh qismida (*) belgisi bilan koʻrsatilgan ballar ushbu qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlar uchun amal qiladi. Bu degani 80 foizlik natija qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Aytish joizki, ushbu MCE sertifikatlarga oid izohda va umuman 4-bobda belgilangan sertifikatlarning izoh qismida 1-bobdagi belgilangan istisnolar nazarda tutilmagan.
Shunday ekan sizdagi holatda garchi siz sertifikatni online shaklda olgan boʻlsangiz ham bu uchun sizga ustama berilishi kerak.
Mazkur holatda siz fuqarolik sudiga ustama undirish boʻyicha daʼvo qilishingiz mumkin.
Xiva tuman YXKM bosh yuriskonsulti M.Boyjonov