s
Ma’lumki, yangi Konstitutsiyamiz 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq ovoz berish yo‘li orqali qabul qilindi. Undagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi, inson huquqlariga oid normalar esa 3,5 baravarga oshirildi va Konstitutsiyamiz 65 foizga xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Ushbu o‘zgarishlarning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra “inson-jamiyat-davlat”, “Yangi O‘zbekiston-ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat paydo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Konstitutsiyada O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yildi. Ijtimoiy davlat sifatida insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi. Kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish kabi davlat majburiyatlari belgilandi. Davlatning ijtimoiy sohaga oid majburiyatlari bilan bog‘liq normalar 3 barobar ko‘paytirildi. Har kimning uy-joyga ega bo‘lishi, hech kim sud qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi belgilandi. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish huquqi va imkoniyatlari kengaytirildi. O‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi.
. Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi L.Xudayarova