s
USD: Rub: Eur:
2023-11-24 557

Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi.

Prezidentning “Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–190-son qaroriga (https://lex.uz/docs/-5937573) kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida, kamida to'rt tasmali yo'llardagi piyodalar o'tish joylarida hamda yo'l-transport hodisalar o'choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o'tkazmaslik va fuqarolarning yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi.

Eslatib o'tamiz, “Yoʻl harakati qoidalari”ga Oʻzbekistonda maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari atrofidagi yoʻllarda transport vositalarining tezligi 30 km/soatdan oshmasligi kerak.

 

Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                           D.Otabayev

Мавзуга оид