s
Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga muvofiq, jinoiy yoki ma'muriy qonunbuzarlikda ayblanayotgan shaxs o'z aybsizligini o'zi isbotlashga majbur emas. Buni davlatning mas'ul mutasaddi idora va shaxslari o'z zimmasiga oladi. Ya'ni, sud, prokuratura, tergov idoralari va ularning xodimlari qonunda belgilangan tartib hamda usullar vositasida aybdor shaxsning aybini aniqlash va isbotlashga mas'uldirlar. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi.Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi. Tergov va sud jarayonining har qanday bosqichida har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi