s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 655

Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga ko'ra:

 

Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo'q qilish, o'zgartirish, egallab olish yoki to'sib qo'yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

 

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o'tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:

 

▫BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;

▫2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

▫1 yilgacha ozodlikni cheklash;

▫1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug'ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

 

▫BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;

▫2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

▫1 yilgacha ozodlikni cheklash;

▫1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Shuningdek, yashirin mayningni amalga oshirish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид