s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 536

Xodimni ishdan bo‘shatish asoslari?

Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat;

xodim va ish beruvchi kelishuvi bo‘yicha;

mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo‘shash;

xodim o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi;

ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo‘shatish;

tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi;

tibbiy xulosaga ko‘ra xodim sogʼligʼiga to‘gʼri keladigan boshqa ishga o‘tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo‘lmagan taqdirda;

xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bogʼliq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha;

yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo‘yicha;

alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo‘shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo‘yicha.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид