s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 561

Amal_qiling

 Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:

 

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha);

 

mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (5 mln 100 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi. (https://lex.uz/docs/-97664#-5451189)

 

✅ Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan (https://lex.uz/docs/-111453#-5450036) biri qo'llanilishi mumkin:

 

➖BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;

➖5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;

➖2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

➖1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

➖5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид