s
Nogironligi bo'lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlashda ulardan tibbiy xulosa talab qilish bekor qilingan.
Bunda:
fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o'tkazish va nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda tegishli protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitasiya qilishning texnik vositalarini olish uchun tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritiladi;
protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalarini olish uchun talab etiladigan tibbiy xulosaning mavjudligi o'zaro axborot almashinuvi orqali aniqlanadi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi