s
Hukumatning 2022 yildagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomga asosan
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida (ta’lim shaklidan qat’i nazar) tahsil olayotgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (4 950 000)dan oshmagan miqdorgacha «Ayollar daftari» jamg‘armasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sektorlar rahbarlari xulosasi asosida bir marotaba to‘lov-kontraktini to‘lab berilishi nazarda tutilgan
Bu imtiyozdan foydalanishni so‘rab ayol bo‘lganingiz uchun emas, "Ayollar daftari"da bo‘lganingiz uchun borganingiz ma’qul. Sababi bu imtiyozdan yuqorida keltirilganidek "Ayollar daftari"ga kiritilganlar foydalanishi mumkin. Mazkur daftarda bo‘lmaganlar esa avval daftarga kiritilish haqida o‘ylashi kerak.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi
bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev