s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 859

Qonunchilikka ko‘ra, intellektual mulk ob’ektlarini tasarruf etishga oid litsenziya, sublitsenziya va huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar to‘liq elektron ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga o‘tkazildi.

Endilikda foydalanuvchilar Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Buning uchun shaxsiy kabinetdagi "Talabnoma yaratish" tugmasi bosilib, "Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish" bo‘limi tanlanadi. Bo‘lim ochilgach, "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosib onlayn ariza topshiriladi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Xivashaharyuridikxizmatko‘rsatishmarkazi.

Мавзуга оид