s
Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, o‘rta maxsus, ta’lim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan etim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, ular ta’lim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi