s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 564

Bilasizmi,

О’zbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksini 220-moddasiga ko’ra, xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bо‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan kо‘p bо‘lmagan har yilgi qо‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qonunchilikda о‘ziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qо‘shimcha mehnat ta’tillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qо‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.

Agar xodim ish beruvchining taklifiga kо‘ra ishga qabul qilingan bо‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qо‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi. Mikrofirmalar xodimlariga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qо‘shimcha mehnat ta’tili ushbu Kodeksning 505-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan о‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda beriladi.

 

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                    Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид