s
USD: Rub: Eur:
2023-10-26 468

KAM TA’MINLANGAN OILALARGA YORDAM KOʻRSATISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi 547-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Hujjat «Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilindi.

Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib (28.04.2021 yildagi 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagi bilan toʻldirilmoqda:

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oraligʻidagi davrda kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam koʻrsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.


Qo`shko`pir tuman adliya bo`limi

 yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti G.Madaminova

 

Мавзуга оид