s
10.06.1999 yildagi PF-2326-son Prezident Farmoniga asosan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga berilishi belgilangan. Mukofot har yili Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 nafardan talabgorlarga beriladi. Mukofotni olish uchun talabgor so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, o‘z sohasidagi vajamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlarni taqdim etishi lozim. Mukofot sovrindorlari agar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional taʼlim muassasalarining o‘quvchilari bo‘lsa, bakalavriatga, bakalavriat talabalari bo‘lsa, magistraturaga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi