s
USD: Rub: Eur:
2023-12-29 486

Amal_qiling

 Qonunchilikka ko’ra, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga (https://lex.uz/docs/-3505789) muvofiq yetkazib beriladi.

 

 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o’rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

 

 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy (https://lex.uz/docs/-97664#-1519024) va jinoiy (https://lex.uz/docs/-111453#-3262040) javobgarlikka tortilishlari mumkin.

 

 Shuningdek, tarmoqlarga o’zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko’rsatkichlarini o’zgartirish o’g’rilik (https://lex.uz/docs/-111453#-263768) yoki oz miqdorda talon-toroj (https://lex.uz/docs/-97664#-198117) qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo’lishi belgilangan.

 

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид