s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 372

Yoshlar bilan ishlash jarayonini raqamlashtirish darajasi oshiriladi

 

2026 yil 1 fevralgacha “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalari negizida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi, jumladan:

  • yoshlarning demografik va ijtimoiy holati, bandligi, ta’lim olishiga oid ma’lumotlar asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish;
  • yoshlarning qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, uning natijalarini avtomatik tahlil qilish;
  • yoshlarga oid mavjud imtiyoz, preferensiya va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berish.

2026 yil 1 fevraldan “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar bo‘yicha arizalarni taqdim etish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish bilan bog‘liq barcha ma’muriy tartib-taomillar YaIDXP (my.gov.uz) hamda Yoshlar yagona elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

2026 yildan har yili Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Milliy ma’ruza har yili 30 iyun – Yoshlar kuni arafasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan e’lon qilib boriladi.

Xivashaharyuridikxizmatko‘rsatishmarkazi.

Мавзуга оид