s
USD: Rub: Eur:
2024-09-28 583

Kadastr pasporti qachon rasmiylashtiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-sonli qarorga asosan,

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид