s
USD: Rub: Eur:
2023-12-17 881

TUG‘RUQXONADA TUG‘ILMAGAN BOLAGA QANDAY QILIB TIBBIY MA’LUMOTNOMA OLINADI

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"ga ko‘ra, tug‘ruqxonadan tashqari va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaning tug‘ilishini ro‘yhatdan o‘tkazish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.

 

        Bunday hollarda tibbiy ma’lumotnoma berish uchun ushbu onadan bola tug‘ilishi to‘g‘risida guvohlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma asos bo‘ladi.

 

 Bilamizki FHDYo bo‘limlaridan bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma tug‘ruqxonadan berilgan tibbiy  ma’lumotnomaga asosan beriladi. Demak, tug‘ruqhonadan tashqarida tug‘ilgan To‘ychivoy, Yo‘lchivoylarga tibbiy ma’lumotnoma yuqoridagi uchastka shifokori, feldsher yoki akusherlar tomonidan berilarkan.

 

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

 

 

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид