s
USD: Rub: Eur:
2023-09-25 733

XORIJIY DAVLATDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATNI TAN OLISh VA NOSTRIFIKATSIYaLASh BO‘YIChA DAVLAT XIZMATI.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga muvofiq Xorijiy Davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va Nostrifikatsiyalash davlat xizmati ko‘rsatish, mazkur reglament Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatli davlat organlariga xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqida murojaat etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, ular voyaga yetmagan bo‘lsa ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning murojaatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishga qo‘yiladigan talablar mavjud.

Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqida ijobiy xulosa berish uchun quyidagilar asos hisoblanadi,

-xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi va ushbu muassasa tomonidan berilgan hujjatning o‘sha davlat tomonidan tan olingan bo‘lishi,

-xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berishga asos bo‘lgan ta’lim standartlarining yoki ta’lim dasturlarining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan davlat ta’lim standartlari va ta’lim dasturlariga muvofiqligi,

-O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy ta’lim to‘g‘risida hujjatni bergan davlatning ta’lim tizimiga qo‘yilgan umumiy talablarning mosligi,

-Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan tayyorgarlik sohasi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kurslarga muvofiq kelmasa yoki o‘qitish hamda tayyorlash O‘zbekiston Respublikasida olib borilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va sohalarda amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun Davlat inspeksiyasi tomonidan ta’lim sohasi eng yaqin bo‘lgan ekspert komissiyalari faoliyatiga qo‘shimcha mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

Xorijiy Davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va Nostrifikatsiyalash davlat xizmati ko‘rsatish muddati 10 ish kuni xisoblanadi va ko‘rsatilgan xizmat uchun undiriladigan yig‘im bazaviy xisoblash miqdori uch barobari miqdorini undiriladi.

 

Qo‘shko‘pir tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i II-darajali yurist Matyakubov Umidbek Raximberganovich.

 

 

Мавзуга оид